Ricardo Laborde
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ricardo Alexis Laborde León | ||
Tavallud sanasi | 16-fevral 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Cartagena, Kolumbiya | ||
Boʻyi | 1.73 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2007 | Academia | 0 | (0) |
2007—2008 | Náutico Capibaribe | 1 | (0) |
2008—2009 | Lugano | 14 | (1) |
2009—2012 | Atlético Huila | 8 | (2) |
2010—2012 | → Anorthosis Famagusta (ijara) | 34 | (8) |
2012—2013 | Anorthosis Famagusta | 25 | (6) |
2013—2018 | Krasnodar | 73 | (11) |
2018—2019 | Anorthosis Famagusta | 13 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ricardo Alexis Laborde Leon (talaffuzi: Rikardo Aleksis Laborde Leon; 1988-yil 16-fevralda Kartagenada tugʻilgan) — kolumbiyalik futbolchi, hujumchi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Laborde faoliyatini „Academia“ futbol klubida boshlagan. U asosiy tarkibdagi oʻrin uchun raqobatda gʻalaba qozona olmagan va mavsum oxirida Braziliyaning „Náutico“ jamoasiga oʻtgan. Yangi jamoada ham Ricardo Alexis oʻzini koʻrsata olmagan va Yevropaga joʻnab ketgan. 2008-yilda u Shveysariyaning „Lugano“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 2-noyabr kuni „Schaffhausen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Laborde Shveysariya Superligasidagi ilk golini urgan[1].
Mavsumni Shveysariyada oʻtkazgandan soʻng, Ricardo Alexis oʻz vatanida faoliyatini qayta tiklashga qaror qilgan va „Atlético Huila“ futbol klubiga oʻtgan. 2010-yil 20-fevralda Mustang kubogida „Deportivo Pereira“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan[2]. 9-may kuni „Independiente Medellin“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Laborde „Atlético“ safidagi ilk gollarini urib, „dubl“ga erishgan[3].
2010-yilning yozida Ricardo Alexis Kiprning „Anorthosis“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 19-avgust kuni Yevropa ligasi doirasida „CSKA Moskva“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Famagusta“ futbol klubi safida debyut qilgan[4]. Oʻsha oʻyinda Laborde maydonga tushganidan atigi 12 daqiqa oʻtib jarohat olgan[5]. 8-noyabr kuni „Paphos“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Kipr chempionatida debyut qilgan[6]. 2011-yilning 8-yanvarida „APOEL“ futbol klubiga qarshi derbida Ricardo Alexis „Anorthosis“ futbol klubi safida ilk golini urgan[7]. 2012-yilda klub rahbariyati Labordening transferini „Atlético Huila“ futbol klubidan sotib olgan. Oʻsha yili Ricardo Alexis jamoaga Kipr kubogi finaliga chiqishga yordam bergan.
2013-yilning yozida u Rossiyaning „Krasnodar“ futbol klubiga oʻtib, ikki yillik shartnoma imzolagan[8]. Transfer summasi 1,7 million yevroni tashkil qilgan. 21-iyul kuni „Rostov“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Laborde ikkinchi boʻlimda Sergey Petrovning oʻrniga premyer ligada debyut qilgan[9]. 2014-yil 20-aprel kuni Moskvaning „Dinamo“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda u „Krasnodar“ futbol klubi safida ilk golini urgan[10]. Oʻsha yili Ricardo Alexis klubga Rossiya kubogi finaliga chiqishga yordam bergan. 18-sentabr kuni Yevropa ligasi doirasida Fransiyaning „Lill“ klubiga qarshi o‘yinda u gol urgan va „Krasnodar“ futbol klubining durangga erishishiga yordam bergan[11]. 2015-yilning 15-avgustida „Zenit“ futbol klubiga qarshi safar o‘yinida Laborde yangi mavsumdagi ilk golini urgan[12].
2018-yilning yozida Labordening „Krasnodar“ futbol klubi bilan shartnomasi tugagan va u „Anorthosis“ futbol klubiga erkin agent sifatida qaytgan[13][14].
2020-yil aprel oyida u 32 yoshida nafaqaga chiqishini eʼlon qilgan[15].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Academia F. C. Kolumbiya | 2006 | 14 | 3 | 3 | 1 | - | - | 17 | 4 |
2007 | 19 | 4 | 4 | 1 | - | - | 24 | 5 | |
2009 | 30 | 11 | 5 | 2 | - | - | 35 | 13 | |
Jami | 63 | 18 | 12 | 4 | 0 | 0 | 75 | 22 | |
Náutico Braziliya | 2008 | 1 | 0 | 0 | 0 | - | - | 1 | 0 |
Jami | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
F. C. Lugano Shveysariya | 2008—2009 | 14 | 1 | 0 | 0 | - | - | 14 | 1 |
Jami | 14 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 14 | 1 | |
Atlético Huila Kolumbiya | 2010 | 8 | 2 | 0 | 0 | - | - | 8 | 2 |
Jami | 8 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 8 | 2 | |
Anorthosis Famagusta Kipr | 2010—2011 | 12 | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 14 | 2 |
2011—2012 | 22 | 6 | 3 | 1 | 4 | 0 | 29 | 7 | |
2012—2013 | 25 | 6 | 2 | 0 | 4 | 2 | 31 | 8 | |
Jami | 59 | 14 | 5 | 1 | 10 | 2 | 74 | 17 | |
F. C. Krasnodar Rossiya | 2013—2014 | 8 | 1 | 4 | 2 | 0 | 0 | 10 | 3 |
2014—2015 | 25 | 4 | 0 | 0 | 12 | 3 | 37 | 7 | |
2015—2016 | 19 | 3 | 3 | 0 | 9 | 0 | 31 | 3 | |
2016—2017 | 13 | 0 | 2 | 1 | 11 | 2 | 26 | 3 | |
2017—2018 | 8 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 9 | 3 | |
Jami | 73 | 11 | 10 | 3 | 32 | 5 | 115 | 19 | |
Anorthosis Famagusta Kipr | 2018—2019 | 13 | 1 | 2 | 0 | - | - | 15 | 1 |
Jami | 13 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 15 | 1 | |
Umumiy faoliyatida | 231 | 47 | 29 | 8 | 42 | 7 | 301 | 62 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Лугано VS. Шаффхаузен 4:0“ (en). soccerway.com (2008-yil 2-noyabr). 2014-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-noyabr.
- ↑ „Депортиво Перейра VS. Атлетико Уила 1:3“ (en). soccerway.com (2010-yil 20-fevral). 2014-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-noyabr.
- ↑ „Индепендьенте Медельин VS. Атлетико Уила 3:2“ (en). soccerway.com (2010-yil 9-may). 2014-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-noyabr.
- ↑ „ЦСКА Москва VS. Анортосис 4:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 19-avgust). 2014-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-noyabr.
- ↑ „Anorthosis 1–2 CSKA Squad and phases“. sigmalive.com/. 2010-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-avgust.
- ↑ „Анортосис VS. Пафос 1:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 8-noyabr). 2014-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-noyabr.
- ↑ „Анортосис VS. АПОЭЛ 2:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 8-yanvar). 2014-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-noyabr.
- ↑ „Рикардо Лаборде стал игроком ФК «Краснодар»“. 2014-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-may.
- ↑ „Ростов VS. Краснодар 2:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 21-iyul). 2014-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-noyabr.
- ↑ „Динамо Москва VS. Краснодар 1:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 20-aprel). 2014-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-noyabr.
- ↑ „Лилль VS. Краснодар 1:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 18-sentyabr). 2014-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-noyabr.
- ↑ „Зенит VS. Краснодар 0:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 15-avgust). 2015-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
- ↑ „Лаборде покидает «Краснодар», клуб проведет церемонию прощания после игры с «Локомотивом»“ (ru). sports.ru (2018-yil 25-aprel). 2018-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-iyul.
- ↑ „Экс-игрок «Краснодара» Лаборде продолжит карьеру на Кипре“ (ru). sports.ru (2018-yil 25-iyul). 2018-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-iyul.
- ↑ „El cartagenero Ricardo Laborde se retira del fútbol“ (es). www.eluniversal.com.co (2020-yil 17-aprel). 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.